Rossiya Finlyandiyani hayron qoldirdi
Xelsinki 18 may kuni NATOga aʼzolik arizasini topshirgandi.

Rossiya Finlyandiyaning NATOga aʼzolik harakatlariga hech qanday munosabat bildirmadi. Bu haqda Finlyandiya xavfsizlik politsiyachi rahbari Antti Pelttari Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
U bu holatni “hayratlanarli” deb atagan.
“Hech narsa sodir bo‘lmayotgani yaxshi. Umid qilamizki, keyinchalik ham shunday bo‘ladi”, – degan Pelttari.
Shu bilan birga amaldor Moskvadan qanday reaksiya kutganini ochiqlamagan.
Maʼlumot o‘rnida: Finlyandiya va Shvetsiya uzoq yillar davomida harbiy neytralitetni saqlab kelgan. Ammo Ukrainadagi vaziyat fonida bu ikki davlat NATOga aʼzo bo‘lish istagini bildirdi. 18 may kuni ular alyansga aʼzolik arizasini topshirdi.







