Jahon

Yamandagi yarashuv katta umid bermoqda — AQSH vakili

2 iyun kuni yamanliklar o‘t ochishni to‘xtatishni ikki oyga uzaytirgandi.

Yamandagi yarashuv katta umid bermoqda — AQSH vakili

 

Yamanda davom etayotgan yarashuv nizoning tugashiga umid beradi. Bu haqda AQSHning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Tim Linderkin maʼlum qildi.

 

"Yarashuv cho‘zilib ketgan urushning tugashiga umid beradi. jangovar harakatlarning intensivligi sezilarli darajada kamaydi. Eng muhimi — yamanliklar yarashuv natijalarini ko‘ra olishlari kerak", — degan diplomat.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, nizolashayotgan tomonlar o‘zaro yon berishlarga bordi. Shuningdek, Linderkin o‘zaro muzokaralar o‘tkazilishiga umid bildirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 30 martdan 7 aprelgacha Ar-Riyodda yamanliklararo muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada nizolashayotgan tomonlar 2 oyga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. 2 iyun kuni bu jarayon yana ikki oyga uzaytirildi.

 

Yamanda fuqarolar urushi 2014 yilda avj olib ketdi. O‘shanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xusiylar Sanani egallab oladi va rasmiy hukumatni mamlakatdan tark etishga majbur qiladi. 2015 yilda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi mojaroga aralashadi.

 

Tahlilchilar urush davomida 14.5 ming tinch aholi vakillari halok bo‘lganini maʼlum qilgan. Shuningdek, harbiy harakatlar dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

 

Avvalroq Yaman xusiylari bolalarni urushga jalb qilmaslikka rozi bo‘lgandi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yamandagi yarashuv katta umid bermoqda — AQSH vakili | Zamon.uz