NATO bosh kotibi Berlinga tashrifini bekor qildi
U Olaf Sholts bilan uchrashishni rejalashtirgandi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 9 iyun kuni Berlinga rejalashtirilgan tashrifini qoldirdi. Bu haqda Germaniya mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
“NATO bosh kotibi uning Berlinga tashrifi yaqin vaqt ishida bekor qilinishini bildirdi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Uning sababi keltirilmagan.
Stoltenberg Germaniya kansleri Olaf Sholts hamda mudofaa vaziri Kristin Lambrext bilan uchrashishni rejalashtirgandi. Tomonlar 28-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan NATOning Madriddagi sammitiga tayyorgarlikni muhokama qilishi kerak edi.
Avvalroq Estoniya bosh vaziri NATOning sharqiy qanotini kuchaytirishni taklif qilgandi.







