Jahon

Ukraina va Yevropada ayrim turdagi o‘q-dorilar zaxirasi kamaygan

Bu haqda The Economist maʼlum qildi.

Ukraina va Yevropada ayrim turdagi o‘q-dorilar zaxirasi kamaygan

 

Ukraina va Yevropa Ittifoqi davlatlarida Sobiq Ittifoq va Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar tugab bormoqda. Bu haqda The Economist xabar berdi.

 

Nashr Amerika harbiy-dengiz tahlili markazining RF qurolli kuchlarini o‘rganish dasturi rahbari Maykl Kofman maʼlumotlariga asoslangan. Unga ko‘ra, Ukrainada ayrim turdagi Sovet davrida ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar butunlay tugagan yoki tugash arafasida. Bu vaqt o‘tishi bilan Sharqiy Yevropa davlatlarida ham yuz beradi. Ukrainada nizo cho‘zilib borar ekan, NATO standartidagi qurollarga talab oshib boradi.

 

The Economist ‘ning harbiy kuzatuvchisi Shashank Djoshining maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropada Sobiq SSSR davridan qolgan o‘q-dori zaxiralari jiddiy kamaygan. U bilan suhbatlashgan harbiy amaldorlardan biri uch oyda ular deyarli tugab bo‘lganini qayd etgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, inflyatsiyaning oshib borishi barcha turdagi qurol-aslahalarning qimmatlashishiga olib keladi.

 

Bundan tashqari, Yevroittifoqda tankka qarshi raketalar va ko‘chma zenit tizimlari ham oxirlab qolgan. Yaqin kelajakda ularning tezkor ravishda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish esa qiyin masala bo‘lib qolmoqda. Bu esa Ukrainani Yevropa qurollari bilan barqaror taʼminlanishiga taʼsir o‘tkazadi.

 

Avvalroq Kiyev Polsha bilan qurol sotib olish bo‘yicha bitim imzolagandi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukraina va Yevropada ayrim turdagi o‘q-dorilar zaxirasi kamaygan | Zamon.uz