Makron Kiyevga borishi mumkin
Fransiya rahbari so‘nggi bor Rossiya-Ukraina mojarosidan oldin Kiyevga kelgandi.

Emmanuel Makron keyingi haftada Kiyevga borishi mumkin. Bu haqda Figaro nashri xabar berdi.
Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Fransiya yetakchisi Ukrainaga chorshanba kuni, Ruminiyaga tashrifdan so‘ng kelishi ehtimoli bor. Yelisey saroyi bu xabarga munosabat bildirmagan. Shu bilan birga u inkor ham qilinmagan.
Makron so‘nggi marta Kiyevga 8 fevral kuni, Rossiya bilan siyosiy mojaro oldidan tashrif buyurgandi.
Avvalroq Fransiya va Ukraina prezidentlari telefon muloqoti o‘tkazgandi.







