Ukraina prezidenti ofisi kunlik yo‘qotishlarni ochiqladi
Bu rasmiy statistikadan 2 barobar ko‘p ekanligi aniqlangan.

Ukrainaning har kuni 100-200 atrofida askarlari halok bo‘lmoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina imkoniyatlari o‘rtasida muvozanatning yo‘qligi yo‘qotishlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Podolyak Kiyevga yuzlab artilleriya tizimlari zarurligini taʼkidlagan. Xususan, ukrain armiyasiga 300 ta reaktiv o‘t ochish tizimlari zarur.
Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev kuniga 100 ga yaqin harbiylar yo‘qotayotganini maʼlum qilgandi. Shuningdek, u kuniga 500 askar yarador bo‘layotganini qayd etgandi.







