Yun Sok Yol NATOning Madriddagi sammitida qatnashadi
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri ham alyans yig‘ilishiga borishi maʼlum bo‘lgandi.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol NATOning Madriddagi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident ofisiga asoslanib Yonhap agentligi xabar berdi.
"NATOning rasmiy taklifiga asosan prezident Yun Sok Yol alyansning 29-30 iyun kunlari Madriddagi sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda", — degan prezident ofisi vakili.
Bu Janubiy Koreya yetakchisining ilk xorijiy tashrifi bo‘ladi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Yun Sok Yol qator ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
NATO Madriddagi sammitiga Osiyo - Tinch okeani mintaqasidan 4 davlatni taklif qilgan: Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri ham Madriddagi sammitga borishi xabar qilingandi.







