Marokashda “Sivilizatsiyalar alyansi” o‘tkaziladi
Bu haqda mamlakat TIV maʼlum qildi.

Marokash BMTning “Sivilizatsiyalar alyansi” to‘qqizinchi forumini o‘tkazmoqchi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Nosir Burita maʼlum qildi.
Diplomat bu haqda “Tanjer muloqoti” xalqaro konferensiyasida aytib o‘tgan.
“Bugun “Alyans” har qachongidan ham muhim. Shu sababli Marokash shu yil Afrikada ilk bor “Sivilizatsiyalar alyansi”ning to‘qqizinchi global forumini o‘tkazish niyatida”, – degan Burita.
“Sivilizatsiyalar alyansi”ni tuzish g‘oyasi Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Xose Luis Rodriges Sapateroga tegishli. Uning tuzishdan maqsad Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ehtimoliy nizolarning oldini olish bo‘lgan.
Tashkilot ko‘ngilli ravishda maqsadli fond orqali moliyalashtiriladi. Unga hukumatlar, xalqaro tuzilmalar va xususiy shaxslar ixtiyoriy ravishda pul ajratadi. Alyans shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan.
Avvalroq BMT oziq-ovqat yetishmovchiligining asosiy sababini maʼlum qilgandi.







