Yaponiya va Singapur mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Ikki davlat bosh vazirlari bu masalada kelishib olgan.

Yaponiya Singapurga mudofaa qurilmalari va texnologiyalarini yetkazib berishi mumkin. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida singapurlik hamkasbi Li Syan Lun bilan muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.
“Mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq murakkab vaziyatda biz Singapurga mudofaa qurilmalari va texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha muzokara boshladik”, – degan u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tokio Singapur bilan ko‘p tarmoqlarda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri dunyo tartibotini o‘zgartirilishiga qarshi ekanini aytgandi.







