Yevrokomissiya raisi Kiyevga keldi
U Ukrainaning YеIga qo‘shilishi masalasini muhokama qiladi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga keldi. Bu haqda u Twitter sahifasida yozgan.
Siyosatchi Vladimir Zelenskiy bilan Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishi masalasini muhokama qiladi.
“Prezident Zelenskiy bilan Ukrainaning Yevropa tomon yo‘lida tiklanish va taraqqiyot uchun qilingan ishlar yakunini muhokama qilaman”, – degan fon der Lyayen.
Yevrokomissiya rahbari so‘nggi bor aprel oyida Kiyevga kelgandi. O‘shanda u Zelenskiyga YEIga aʼzolik nomzodi uchun so‘rovnoma bergandi.
Avvalroq Fransiya prezidentining Ukrainaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







