Finlyandiya prezidenti Shvetsiyasiz NATОga aʼzo bo‘lmasligini bildirdi
Ikki davlat 18 may kuni alyansga aʼzolik arizasini topshirgandi.

Finlyandiya Shvetsiyasiz NATOga kirmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo maʼlum qildi.
"Shvetsiya ishi, bizning ishimiz. Bu bundan buyon birgalikda harakat qilishimizni anglatadi", — degan u NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Maʼlumot o‘rnida: Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansdagi elchilari 18 may kuni aʼzolik arizasini topshirdi. Shu kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ushbu ikki davlatni Shimoliy Atlantika blokiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. U Shvetsiya va Finlyandiyaning kurdlarni qo‘llashi tufayli shu bayonotni berdi.
Avvalroq Estoniya NATO sharqiy qanotini kuchaytirishni taklif qilgandi.







