Nazarboyev Moskvada
U Putin bilan muzokara o‘tkazdi.

Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Msokvaga tashrif buyurdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi prezident Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashgan. Tomonlar bir-birini diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan tabriklagan.
Qayd etish kerakki, bu Nazarboyevning yanvar voqealaridan so‘ng Rossiyaga amalga oshirgan birinchi tashrifi.
Avvalroq Nazarboyev global yadro xavfsizligi masalasi bilan shug‘ullanayotganini maʼlum qilgandi.







