AQSH Rossiyaning yirik xakerlik guruhi faoliyatiga barham berdi
Ushbu amaliyotda to‘rtta davlat tashkilotlari ishtirok etgan.

Vashington va uning ittifoqchilari Rossiyada joylashgan yirik xakerlik guruhi faoliyatiga barham berdi. Bu haqda AQSH adliya vazirligi maʼlumot berdi.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, ushbu operatsiyada Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiya tashkilotlari ham ishtirok etgan. xakerlik guruhi RSOCKS deb atalgan. U AQSH va boshqa davlatlardagi millionlab kompyuterlarni buzib kirgan.
Ushbu amaliyot 2017 yildayoq boshlangani aytilmoqda. O‘shanda Amerika rasmiylari 325 ming elektron qurilmalarga kiberhujumni qayd etgan.
Avvalroq AQSH Shimoliy Koreya xakerlariga nisbatan sanksiya joriy etgandi.







