O'zbekiston

Samarqandlik fuqaro davlatga 3,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

U ohak pishirish pechlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Samarqandlik fuqaro davlatga 3,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

 

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.


Qayd etilishicha, Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi hamda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro S. X. gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 4 dona ohak pishirishga mo‘ljallangan qo‘lbola yasalgan pechlarga 10 dona nostandart gaz yondirgichlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib ishlatganligi aniqlangan. Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.


Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Navoiy viloyatidagi ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangandi. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 295 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandlik fuqaro davlatga 3,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi | Zamon.uz