Ukrainadagi barcha g‘allani olib ketishning imkoni yo‘q — Germaniya TIV
Avvalroq Ruminiya orqali Ukraina doni eksport qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ukraina portlarida bloklab qo‘yilgan barcha donni olib chiqishning imkoni yo‘q. Bu haqda Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok maʼlum qildi.
“Biz barcha donni olib chiqa olmasligimiz aniq. Ammo agarda uni turli marshrutlar bilan olib chiqa olsak, bu global chaqiriqlarga taʼsir ko‘rsatishimiz uchun yetarli bo‘lardi”, – degan Berbok Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi uchrashuvida.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Berlin Ruminiya va Polsha bilan g‘alla olib chiqish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Avvalroq Ukraina bug‘doyi Ruminiya orqali olib chiqilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







