Guterrish Suriyaga yordam ko‘rsatish masalasida taklif bildirdi
Bosh kotib bu haqda BMT Xavfsizlik kengashida gapirgan.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriyaga transchegaraviy yordam mexanizmini yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda u Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida gapirgan.
"BMTning Suriyaga transchegaraviy yordami — dunyoda eng ko‘p o‘rganilgan va sinovdan o‘tkazilgan amaliyotlardan biri. Shubhasiz, biz taqdim etayotgan ko‘mak muhtoj insonlarga yetib bormoqda", — degan u.
Guterrishning fikricha, hozirda ushbu mexanizmni yangilashga zarurat yo‘q. Shu sababli bosh kotib uni yana 12 oyga uzaytirishni so‘ragan.
Avvalroq Nur-Sultonda Suriya bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.







