Yevrokomissiya raisi: “Iflos” energiyadan voz kechish vaqti keldi
Ursula fon Der Lyayen yashil energetikaga investitsiyalarni ko‘paytirishga chaqirdi.

Ursula fon Der Lyayenning Yevropa davlatlarini “iflos” energiyaga qaytmaslikka chaqirdi. Bu haqda u Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytgan.
Bundan oldin Avstriya va Germaniya ko‘mir IESlaridan qayta foydalanishi maʼlum qilingandi. Niderlandiya esa gaz yetishmovchiligi ortidan 2022-2024 yillarda bu kabi elektr stansiyalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan.
"Biz bu inqirozdan ortga, iflos qazilma yoqilg‘ilariga qaytish uchun emas, oldinga harakat sifatida foydalanishimiz kerak. Bu o‘ta nozik chegara va hamon biz to‘g‘ri yo‘nalishga tushishimiz nomaʼlumligicha qolmoqda", — degan u.
Yevrokomissiya raisi barcha Yevropa davlatlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiya kiritishga chaqirgan. Der Lyayenning fikricha, bu nafaqat iqlim uchun foydali, balki energetik xavfsizlik va mustaqillik uchun zarur qadam hisoblanadi.
Avvalroq Germaniya gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun katta mablag‘ ajratgandi.







