Yevropaning yetakchi davlatlari Ukrainaning asosiy talabini bajarmadi
Bu haqda The Los Angeles Times xabar berdi.

Germaniya, Italiya va Fransiya yetakchilari Kiyevga tezkor ravishda qurol yetkazib berishdan bosh tortdi. Bu haqda The Los Angeles Times gazetasi kolumnisti Doyl Makmanus maʼlum qildi.
Muallifning fikricha, Yevropa hukumatlari orasida “Ukraina masalasida charchoq” sezilmoqda. Bunga sanksiyalar bosimi sabab bo‘lmoqda.
“Rossiyaga qarshi sanksiyalarning muammoli tomoni shundaki, ular faqat bizga zarar yetkazgan taqdirdagina ishlaydi”, – degan u.
Makmanus Yevropaning uch yirik davlati rahbarlari Kiyevga kelgan va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan bo‘lsa-da, ammo ular darhol qurol yetkazib berish kafolatlarini taqdim etmagan. Shu bilan birga ekspert Makron, Shols va Dragining Kiyevni YEIga kirishini qo‘llab-quvvatlashi “ramziy” qadam ekanini taʼkidlagan.
Avvalroq Shols Yevroittifoqni isloh qilish kerakligini aytgandi.







