Shimoliy Koreya armiyasi kuchaytiriladi
Kim Chen In shaxsan bu bo‘yicha buyruq bergan.

Kim Chen In KXDRning mudofaa salohiyatini kuchaytirishga topshiriq berdi. bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
U har qanday dushman kuchlarni yo‘q qilish maqsadida harbiy qudrat va mudofaa potensialini kuchaytirish zarurligini gapirgan.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya o‘z armiyasining yetakchi bo‘linmalarining operativ majburiyatlarini to‘ldirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Avvalroq BMTda Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish taklif qilingandi.







