Global inflyatsiyaga kim aybdor?
Putin javob berdi.

Dunyoda inflyatsiyaning keskin oshib ketishiga “Katta yettilik” davlatlarining masʼuliyatsiz faoliyati sabab bo‘ldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
“Inflyatsiyaning keskin oshishi kecha boshlangan jarayon emas, bu katta yettilik davlatlarining bir necha yillik masʼuliyatsiz makroiqtisodiy siyosatining natijasidir. Bu so‘nggi oylar, ayniqsa, Rossiyaning harbiy operatsiyasi oqibati emas”, – degan prezident.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxi ko‘tarilishi rivojlanayotgan davlatlarga katta zarba bergan.
Avvalroq Turkiya Moskva va Kiyev bilan g‘alla eksporti masalasida kelishuvga erishilganini maʼlum qilgandi.







