Qaysi davlatlar Ukraina mojarosini hal etishda Yevropa nomidan ishtirok etishi mumkinligi ochiqlandi
Ispaniya bosh vaziri bu bo‘yicha taklif bildirdi.

Ukraina mojarosini hal qilish jarayonida Germaniya va Fransiya Yevroittifoq nomidan ishtirok etishi kerak. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches maʼlum qildi.
“Biz eng boshidan Ukrainani oxirgi rus askari tark etmagunicha Putin va uning oligarxlariga qarshi sanksiyalarning saqlanib qolishi tarafdori edik. Shu bilan birga biz doimo Putin bilan ochiq muloqot tarafdori bo‘lganmiz”, – degan u.
Sanches Ukraina nizosi uzoq davom etishi mumkinligini taxmin qilgan. Shu sababli bosh vazir Yevropa birligini mustahkamlash zarurligini taʼkidlagan.
Avvalroq Putin “katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etgan taqdirda Yevropa uni boykot qilmasligi maʼlum bo‘lgandi.







