Toshkent metrosida poyezdlar tezligi kamaytiriladi
Bunga haroratning keskin ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ob-havoning keskin ko‘tarilishi tufayli Toshkent metrosida poyezdlar tezligiga cheklov kiritiladi. Bu haqda Metropoliten axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent metropolitenining barcha yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi.
“Bu orada elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham o‘zgaradi, ya’ni ortadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda anomal issiq kuzatilayotgani sababli temiryo‘l poyezdlar tezligiga ham cheklov kiritilgandi.








