Ukraina Rossiya bilan qator shartnomalardan chiqib ketdi
Bu yadro sohasiga oid kelishuvlar ekanligi ochiqlandi.

Ukraina Rossiya bilan yadro xavfsizligi sohasidagi qator kelishuvlarni bekor qildi. Bu haqda Ukraina davlat yadro inspeksiyasi xabar berdi.
“RFning harbiy agressiyasi tufayli yadroni tartibga solish bo‘yicha davlat inspeksiyasi yadro xavfsizligiga oid qator xalqaro shartnomalarning amal qilinishini bekor qiladi”, – deyiladi inspeksiya tarqatgan bayonotda.
Xususan, yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda axborot almashish hamda tartibga solishda hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar bekor qilingan.
Avvalroq Rossiya Kiyevga raketa zarbalari bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.







