Niderlandiya vaziri: Gaz inqirozi butun Yevropani qamrab olishi mumkin
YеIda gaz zaxiralari kamayib bormoqda.

Yevropaning alohida olingan davlatidagi gaz inqirozi butun qitʼaga tarqalishi mumkin. Bu haqda Niderlandiya iqlim va energetik siyosat vaziri Rob Yetten maʼlum qildi.
“YеIning ayrim davlatlari 1 noyabrga qadar o‘z gaz omborlarini to‘ldiri olgani yaxshi, ammo boshqalar 80 zaxiralarni to‘play olmasa, domino effekti butun Yevropaga tarqaladi”, — degan u.
Vazir Rossiya gazi Niderlandiyaga kelishi to‘xtagan taqdirda, uning mamlakati boshqalar bilan hamjihat bo‘lishini taʼkidlagan. Shu bilan birga Yetten mamlakat ko‘mirdan ko‘proq foydalanishini maʼlum qilgan.
So‘nggi vaqtlarda Rossiyadan Yevropaga yetkazib beriladigan gaz hajmi kamaydi. Bunga ayrim tarmoqlarning taʼmirlanishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Ayrim tahlilchilar Moskva energetikadan qurol sifatida foydalanishni boshlaganini qayd etgan.
Avvalroq Germaniya gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun 15 milliard yevro ajratishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







