BMT Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari uchun mablag‘ so‘radi
U 300 mingdan ortiq afg‘onga yo‘naltiriladi.

BMT Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari uchun 110 million dollar so‘radi. Bu haqda "Sputnik Afganistan" xabar berdi.
Tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam zilziladan aziyat chekkan 362 ming kishiga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar 3 oy davomida yetkazib beriladi.
Yordam pullari, asosan, Xost va Paktiya viloyatlariga yo‘naltirilishi aytilgan.
Maʼlumot o‘rnida: O‘tgan haftada Afg‘onistonda dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Paktika, Paktiya, Xost, Lag‘mon, G‘azni, Lo‘gar va Kobul viloyatlarida qayd etilgan zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 6,1 ballni tashkil qilgan. Hodisa oqibatida 1500 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







