Toshkentda Markaziy Osiyo Ombudsmanlari uchrashdi
Uchrashuv yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilingan.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.
Inson huquq va erkinliklari himoyasi tadbirning asosiy mavzusi bo‘lgan. Bundan tashqari, ayollar, bolalar, nogironlar va mahbuslar huquqini himoya qilish hamda rag‘batlantirish masalalari ham muhokama qilingan.
Ishtirokchilar ikki tomonlama memorandum imzolagan hamda Toshkent deklaratsiyasini qabul qilgan.
Avvalroq Senatda Ombudsmanning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot eshitilgandi.







