Germaniya Kaliningrad masalasida Rossiya tomonini olib chiqdi
18 iyundan Litva Kaliningradga qator tovarlar tranzitini taqiqlab qo‘ygandi.

Germaniya kansleri Olaf Sholts Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga tovarlar tranzitiga qarshilik qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Kanslerning fikricha, Boltiq dengizi mintaqasidagi keskinlikni kamaytirish zarur.
“Biz Rossiyaning ikkita qismidagi harakat bilan ish olib borishimiz zarurligini inobatga olish zarur”, – degan u NATOning Madrid sammitidagi chiqishida.
Siyosatchi Kaliningrad masalasida Moskvaga qarshi sanksiyalarni istisno qilinishi zarurligini aytgan.
Maʼlumot o‘rnida: 18 iyundan boshlab Litva o‘z hududi orqali Kaliningrad viloyatiga qator tovarlar tranzitini taqiqlab qo‘ydi. Bu mahsulotlar Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan.
Avvalroq Rossiya Litvaga ultimatum eʼlon qilgandi.







