Toliblar delegatsiyasi Toshkentga kelmoqda
Ushbu tashrif ikki hafta oldin muvofiqlashtirilgan.

“Tolibon” delegatsiyasi Toshkentga yo‘l oldi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Delegatsiyaga Afg‘oniston savdo vaziri v.b. Nuriddin Aziziy boshchilik qilgan. Uning tarkibida shuningdek, afg‘on biznesmenlari va “Tolibon” aʼzolari ham bor.
Toshkentda savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish, tranzit masalasi va biznes duch kelayotgan muammolar muhokama qilinadi.
Qayd etilishicha, ushbu tashrif ikki hafta oldin, Abdulaziz Komilovning Kobulga tashrifi vaqtida muvofiqlashtirilgan.
"Tolibon" Xitoy bilan yirik iqtisodiy loyihani muhokama qilgandi.







