“Qirg‘iylar”, “kabutarlar”, “tuyaqushlar”
The Sunday Times NATO davlatlarining Ukraina masalasida 3 guruhga bo‘linib ketganini maʼlum qildi.

Buyuk Britaniyaning The Sunday Times gazetasi NATOning Ukraina masalasida bo‘linib ketganini maʼlum qildi.
Gazeta alyans davlatlarini uch kategoriyaga bo‘lgan. Birinchi guruh “qirg‘iylar” deb atalib, unga Polsha va Sharqiy Yevropaning boshqa davlatlari kiritilgan. Ular Rossiyaga qattiq zarba berilishi va Qrim hamda Donbassning Ukraina nazoratiga qaytarilishini talab qilmoqda.
Ikkinchi guruh “kabutarlar” deb atalib, ular Qrim, tan olinmagan DXR va LXRning maqomi saqlanib qolishga rozi ekanligi aytilgan. Skandinaviya davlatlaridan birining amaldori bu kelishuvni "adolatsiz, ammo pragmatik" deb atagan.
Uchinchi — “tuyaqushlar” guruhi asosan Janubiy Yevropa davlatlaridan iborat bo‘lib, ular Ukraina inqiroziga yetarli darajada eʼtibor qaratmayapti.
Avvalroq Ukraina nizosi yakunlari bo‘yicha uchta variant taxmin qilingandi.







