Latviya majburiy harbiy xizmat tartibiga qaytadi
Mudofaa vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Latviya yaqin besh yilda umumiy harbiy xizmat majburiyati tartibini qayta tiklamoqchi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Artis Pabriks maʼlum qildi.
“Latviya qurolli kuchlar tizimida xizmat qilishning joriy tizimi o‘zini oqlamaydi. Shu sababli yaqin besh yilda mamlakatni himoya qilish xizmati paydo bo‘lishi kerak. U dastlab ixtiyoriy, keyinchalik majburiy bo‘ladi”, – degan vazir.
Latviya mudofaa vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga olishni boshlaydi. 2028 yildan bu to‘liq majburiy tizimga o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Mamlakatda 2006 yilda majburiy chaqiruv tartibi bekor qilingandi.
Avvalroq Rossiya Kaliningrad masalasida Litvaga ultimatum eʼlon qilgandi.







