0

Toshkent metrosida bitta bekat yopildi

Shuningdek, yerusti halqa yo‘lida poyezdlarning qatnov vaqti qisqardi.

Toshkent metrosida bitta bekat yopildi

 

Toshkent metrosidagi yerusti halqa yo‘lining 7-bekati bir haftaga yopildi. Bu haqda metropoliten Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten yerusti halqa yo‘lining 6 va 7-bekatlari oralig‘ida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 7-bekat 11 iyuldan 18 iyulga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik—2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

 

Shuningdek, 11-iyuldan avgustga qadar yerusti halqa yo‘lida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"