Ukrainalik harbiylar Buyuk Britaniyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi
Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri maʼlumot berdi.

Bir guruh ukrainaliklar Buyuk Britaniyaga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida yetib keldi. Bu haqda Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri Ben Uolles maʼlum qildi.
“Yaqinda Buyuk Britaniyaga Ukraina harbiylarining ilk guruhi yetib keldi. Ushbu askarlar Britaniyaning asosiy harbiy tayyorgarligi asosida o‘qitiladi. Bu o‘t ochish tayyorgarligi, dala mashg‘ulotlari, patrul taktikasi va jang maydonida birinchi tibbiy yordamni o‘z ichiga oladi”, – degan u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, har bir kurs bir necha hafta davom etadi.
Avvalroq Ukraina nizosi yakunlari bo‘yicha uchta variant taxmin qilingandi.







