Metro bayram arafasida qanday ishlaydi?
Yo‘lovchilarga bir qancha qulaylik yaratilishi aytilmoqda.

Bayram kunlarida metroning harakat tarkibi qatnovi maʼlum qilindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Unga ko‘ra,
– 2022-yil 9-iyul — Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni tonggi soat 04:00 dan kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi;
– 2022-yil 10,11,12-iyul kunlari esa dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida yaʼni soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.







