Jahon

Lukashenko Ukraina nizosiga aralashdi (mi?)

Belarus Rossiyaga o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lishi mumkin.

Lukashenko Ukraina nizosiga aralashdi (mi?)

 

Aleksandr Lukashenko Rossiyaga havo hududidan foydalanishga ruxsat beradi, ammo Belarusning Ukraina mojarosiga aralashuvi ehtimoli kam. Bu haqda AQSHda joylashgan Urushlarni o‘rganish instituti (ISW ) ekspertlari maʼlumot berdi.

 

7 iyul kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Aleksey Gromov rasmiy Minsk Rossiyaga Pribitki aerodromidan foydalanishga ruxsat berganini maʼlum qilgandi. 11 iyul kuni "Belorusskiy Gayun" monitoring guruhi Belarus havo xududiga 4 apreldan buyon ilk marotaba Moskvaning havo chegarasini nazorat qilish va oldindan ogohlantirish samolyotlari kirib kelganini ochiqlagandi.

 

ISW maʼlumotlariga ko‘ra, Lukashenko shu orqali Vladimir Putinning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. bu unga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy aralashishning oldini olish imkoniyatini beradi.

 

Minskning nizoga qo‘shilish imkoniyati kam, sababi bu ichki siyosiy vaziyatni keskinlashtirishi mumkin.

 

Avvalroq Ukraina armiyasi katta yo‘qotishlarga uchragani tan olingandi.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Lukashenko Ukraina nizosiga aralashdi (mi?) | Zamon.uz