Putin Rossiyadagi yagona prezident bo‘lib qoldi
Tatariston rahbari lavozimining nomi o‘zgartirilgan.

Rossiya tarkibidagi Tatariston respublikasi rahbari Rustam Minnixanovning federal hujjatlardagi maqomi o‘zgartirildi. Bu haqda “RIA Novosti” sayti xabar berdi.
Uning Kreml rasmiy saytida eʼlon qilingan hujjatga tayanib xabar berishicha, shu paytga qadar Tatariston prezidenti sifatida belgilab kelingan Minnixanov “Tatariston rahbari” sifatida qayd etilgan.
2000 yildan boshlab RF hududidagi qator muxtor respublikalar yetakchilari asta-sekin prezident lavozimidan voz kechib kelgan. Uning o‘rniga ular o‘zi rahbarlik qilayotgan hudud rahbarlari deb belgilangan.
Putin Eronga borishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







