Turkiya prezidenti Venesuelaga boradi
Nikolas Maduro tashrif haqida maʼlumot berdi.

Erdog‘an Venesuelaga boradi. Bu haqda ushbu mamlakat rahbari Nikolas Maduro maʼlum qildi.
"Yaqin kunlarda prezident Erdog‘anni qabul qilamiz. Biz Venesuela taraqqiyoti va iqtisodiy tiklanishiga katta hissa qo‘shishi uchun barcha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirmoqdamiz", — degan u.
Maʼlumot o‘rnida: iyun oyi boshida Maduro Turkiyaga borgan edi. Erdog‘an so‘nggi bor 2018 yilda Karakasga tashrif buyurgan.
Avvalroq Erdog‘an Turkiya armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanishini maʼlum qilgandi.







