Kiyevga byudjet xarajatlari uchun 9 milliard dollar zarurligi aytildi
Bundan oldin bu summa 5 milliard dollarni tashkil etayotgandi.

Kiyevga byudjet xarajatlarini qoplash uchun oyiga 9 milliard dollar zarur. bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Oleg Ustenko maʼlum qildi.
“Yaqin kelajakda bizga oyiga 9 milliard dollar zarur. Nima bo‘lgan taqdirda ham yashab qolishga harakat qilamiz. Ammo ittifoqdoshlarimizning moliyaviy yordamisiz buni amalga oshirish juda qiyin, amalda imkonsiz”, – degan u.
Bundan oldin Ukraina hukumatining oylik xarajatlarini qoplash uchun 5 milliard dollar zarurligi aytilgandi.
Avvalroq “katta yettilik” 2022 yilda Kiyev uchun 2.8 milliard dollar berishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







