Saudiyaga tashrif AQSHda benzin narxini pasaytirmaydi — Politico
Baydenning Saudiya Arabistoniga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad ochiqlandi.

Jozef Baydenning Saudiya Arabistoniga tashrifi AQSHda benzin narxi pasayishiga yordam bermaydi. Bu haqda Politico jurnali materialida so‘z boradi.
Oq uy rahbarining Yaqin Sharqqa tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri yoqilg‘i narxining pasayishiga erishishdan iborat. Vashington Fors ko‘rfazi davlatlarining neft qazib olishni ko‘paytirishini istamoqda.
Ammo Saudiyaning o‘zida neft yetarli darajada emas. Mamlakat bor imkoniyatlari bilan o‘z ishlab chiqarish rejalarini bajarishga harakat qilmoqda.
Shu bilan birga saudiyaliklarning dunyo bozorini "qora oltin" bilan to‘ldirib tashlashi narxlarning pasayishini anglatmasligi alohida taʼkidlangan.
Avvalroq neft narxi 300 dollardan baland bo‘lishi taxmin qilingandi.







