AQSH va Isroil Eronga qarshi deklaratsiya imzolaydi
Jozef Bayden shu kunlarda Yaqin Sharq safarida bo‘lib turibdi.

Jozef Bayden Isroil bosh vaziri bilan Eronning yadro qurolini qo‘lga kiritishiga qarshi deklaratsiya imzolaydi. Bu haqda Oq uy maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, Bayden va Yair Lapid ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik yo‘nalishida mustahkam va kengayib borayotgan aloqalar yuzasidan qo‘shma deklaratsiyani eʼlon qiladi. Unda Eronning hech qachon yadro qurolini qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi majburiyatlar ham aks etadi.
Bundan tashqari, Vashington va Tel-Aviv Tehronning “beqarorlashtiruvchi faoliyati”ga qarshi birgalikda kurashishini ham eʼlon qiladi.
Jo Baydenning Yaqin Sharqqa safari boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.







