BRICS kengaymoqda: yangi aʼzolar kirish arizalarini tayyorlayapti
Bundan oldin Argentina va Eron ham tashkilotga kirishi mumkinligi aytilgandi.

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr BRICS‘ga aʼzolik arizasini tayyorlamoqda. Bu haqda tashkilot xalqaro forumi prezidenti Purnima Anand maʼlum qildi.
"Bu davlatlar qo‘shilish istagini bildirdi va aʼzolik arizasini topshirishga tayyorlanmoqda. Fikrimcha, bu to‘g‘ri qadam, chunki BRICS ‘ning butun dunyodagi taʼsirini kuchaytiradi" — degan u.
Anandning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning keyingi sammitida bu davlatlarning ayrimlari BRICS‘ga qabul qilinishi mumkin.
Bundan oldin Argentina va Eronning ushbu tuzilmaga aʼzo bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
Avvalroq Si Szinpin BRICS davlatlarini sanksiyalarga qarshi birgalikda qarshi turishi lozimligini taʼkidlagandi.







