Geyts shaxsiy boyligining barchasini xayriyaga ajratdi
U boshqa milliarderlar ham shu yo‘nalishda ish olib borishiga umid bildirgan.

Amerikalik milliarder Bill Geyts o‘z shaxsiy boyligining deyarli barchasini xayriyaga ajratadi. Bu haqda uning o‘zi Twitter sahifasida maʼlum qilgan.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylar ichida u Gates Foundation fondiga 20 milliard dollar o‘tkazib beradi. Shu bilan birga Geyts bu amaliyot bajarilgandan so‘ng dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan chiqishini aytgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu orqali “qiyinchiliklarni kamaytirish va turmushni yaxshilash”ni maqsad qilgan. Shuningdek, milliarder boshqa sarmoyadorlar ham shu yo‘nalishda ish olib borishiga umid bildirgan.
Gates Foundation xayriya fondiga 2000 yilda Bill Geyts va uning sobiq rafiqasi Melinda Geytslar tomonidan asos solingan. U AQSHdagi eng yirik xususiy fond hisoblanib, 50 milliard dollarlik aktivlarga ega.
Avvalroq Bill Geyts kelgusi 20 yilda yangi pandemiya bo‘lishini aytgandi.







