Jahon

Moskva va Pekin global Janub yo‘nalishidagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda

“The Wall Street Journal” maqolasida bu jarayon tahlil qilingan.

Moskva va Pekin global Janub yo‘nalishidagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda

 

Rossiya va Xitoy G‘arb bilan qarama-qarshilik sharoitida Global Janub bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

 

Nashrning qayd etishicha, Rossiya rahbariyati mavjud geosiyosiy taranglik sharoitida “Shimol-Janub yo‘nalishida diplomatiya, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida yangi tarmoqlarni yaratmoqda”. Bu yo‘nalishda Moskvaning eng asosiy ittifoqchisi Xitoy hisoblanadi. Pekin bu bo‘yicha katta tajribaga egaligi, u uzoq yillar davomida Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika bilan savdo olib borgani va investitsiyalar kiritgani taʼkidlangan.

 

“Bu davlatlar yirik iqtisodiy yoki diplomatik o‘yinchilar emas, ammo ularning aksariyati tez rivojlanib borayotgan bozorlarga ega, strategik savdo marshrutlari ustida joylashgan, boshqalari esa “toza energiya”a o‘tishda muhim bo‘lgan resurslarga ega”, – deyiladi maqolada.

 

Shu bilan birga “Shimol-Janub” yo‘nalishi davlatlarining deyarli barchasida G‘arb qadriyatlariga qarama-qarshi maqsadlar borligi qayd etilgan.

 

“The Wall Street Journal” fikricha, Pekin va Moskva global energetika bozorini o‘zi uchun uzoq yillar foyda keltiradigan va G‘arbning zarariga ishlaydigan oqimga burib yubormoqchi. Bu “Ukraina nizosining uzoq istiqboldagi asosiy yakunlaridan biri bo‘ladi”.

 

Bundan tashqari, AQSHning asosiy eʼtibori G‘arbga qaratilgan bir paytda Rossiya va Xitoy “yangi reallik”ka ko‘ra ish yuritayotgani qayd etilgan.

 

Avvalroq Rossiya, Eron va Xitoy AQSH chegaralari yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

AQSHning Eronga quruqlikdan bostirib kirish ehtimoli yuqori — Pokiston razvedkasi

Harbiy ekspertlar esa bunday ssenariy AQSH uchun katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

custom img

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi robotlar importini taqiqladi

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi gumanoid robotlar, robot-itlar va quvvat invertorlari importini milliy hamda kiberxavfsizlikka tahdid sifatida baholamoqda.

custom img

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishi mumkin

Eron urush davomida zaiflashgan havo mudofaasini tiklash maqsadida Xitoydan yuzlab ko‘chma zenit-raketa majmualarini qabul qilish arafasida.

custom img

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ayrim OAVlarda tarqalgan hijob va soqol bo‘yicha ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

custom img

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Musson yomg‘irlari yuzlab binolarga zarar yetkazib, 200 dan ortiq inshootning butunlay vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

custom img

AQSh va Saudiya Arabistoni Iroqdagi obyektga zarba berdi

Vashington operatsiya AQSh va Saudiya Arabistoni manfaatlariga tahdid solayotgan nishonlarga qarshi o‘tkazilganini, voqealar Eron raketalari bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

custom img

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

Tashabbus UEFAning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlariga 4,6 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"