Jahon

Putin Erdog‘an va Raisiy bilan nimalarni muhokama qiladi?

Eron poytaxtida uch davlat uchrashuvi o‘tkaziladi.

Putin Erdog‘an va Raisiy bilan nimalarni muhokama qiladi?

 

Bugun Tehronda Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

 

Haftaning asosiy siyosiy voqeasi bo‘lishi kutilayotgan uchrashuv tafsilotlari haqida Kreml matbuot xizmati qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Unga ko‘ra, RF rahbari Turkiya va Eron yetakchilari bilan yakkama-yakka muloqot o‘tkazadi. Muhokamalar markazida xalqaro maydondagi eng dolzarb masalalar, xususan, Ukraina mavzusi turibdi. Erdog‘an va Putin Ukraina portlaridan g‘alla olib chiqish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqadi.

 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rossiyalik hamkasbi bilan yadro dasturi masalasini muhokama qiladi. Kremlning qayd etishicha, Moskva Tehronga qo‘yilgan xalqaro cheklovlar taʼsirini kamaytirish tarafdori. Shuningdek, tomonlar o‘zaro munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarmoqchi, bu bo‘yicha yangi davlatlararo shartnoma tayyorlanmoqda. Putin Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xumayniy bilan ham uchrashishi kutilyapti.

 

Uch tomonlama muzokaralar markazida Suriya turibdi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar qatoriga terrorizmni tag-tomiri bilan yo‘qotish, gumanitar yordam ko‘rsatish kabilar kiradi. Bundan tashqari, Suriya tashqi ishlar vazirligi konstitutsiya bo‘yicha muzokaralarni tiklashni ham ko‘tarishini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Eronda yadro quroli ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlar borligi maʼlum qilingandi.

 

 

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"