Alanga ichida qolgan Yevropa
Bir qator davlatlar o'rmon yong'inidan aziyat chekmoqda.

Yevropa bo'ylab davom etayotgan anomal issiqlik ko'plab mamalakatlarda o'rmon yong'inlarini keltirib chiqardi.
Fransiya o‘t o‘chiruvchilari mamlakat janubi-g‘arbidagi Jironde departamentida 2 ta yirik yong‘inni lokalizatsiya qila olmadi. 150 km² maydon alangaga ichida qolgan. 17 ming gektar eman va qarag'ayzor allaqachon yonib ketgan. Rasmiylar 32 ming kishini evakuatsiya qildi.
Ispaniyada ham 20 ga yaqin o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.Yong‘in ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Kastiliya-Leon avtonom hamjamiyatida soatiga 50 km tezlikda esib turgan shamol olovni o'chirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shuningdek, Portugaliya, Xorvatiya va Gretsiya o'rmonlari ham o't ichida qolgan.







