Nemis generali: Moskvada cheklanmagan resurslar bor
Rossiya armiyasining Ukrainadagi ustunligi haqida maʼlumot berildi.

Rossiya deyarli cheksiz harbiy resurslarga ega. Bu haqda Germaniya qurolli kuchlari general-leytenanti, quruqlik qo‘shinlari inspektori Alfons Mais maʼlum qildi.
“Artilleriyada ustunlik evaziga Rossiya armiyasi kilometrlab oldinga siljimoqda. Bu zaiflashtiruvchi va holsizlantiruvchi urushga aylanmoqda. Bu Ukraina qancha payt qarshilik qila oladi, degan savolni ko‘ndalang qo‘yadi”, – degan general.
Shu bilan birga u rus armiyasi Ukraina nizosidan so‘ng yana-da tajribali qurolli kuchlarga aylanadi.
“Rossiya armiyasi kuchaymoqda. Ularda amalda cheksiz resurslar bor”, – deb qo‘shimcha qilgan Mais.
Avvalroq Putinning Ukrainadagi nizodan ko‘zlagan uch maqsadi ochiqlangandi.







