O'zbekiston

O‘zbekistonda 6 oy ichida 52 kishi yong‘indan halok bo‘ldi

Shuningdek, yana 101 kishi tan jarohati olgan.

O‘zbekistonda 6 oy ichida 52 kishi yong‘indan halok bo‘ldi



2022-yilning 6 oyi davomida O‘zbekistonda 4465 ta yong‘in yuz berib, 52 kishi halok bo‘ldi va 101 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda FVV Nazorat va profilaktika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mavlonbek Doschanov ma’lum qildi.


6 oy davomida yuz bergan yong‘inlar 2021-yilning mos davriga nisbatan 525 ta (11 foiz)ga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lish holatlari 9 ta (15 foiz)ga, insonlarning tan jarohati olish holatlari 36 ta (26 foiz)ga kamaygan. 


Sodir bo‘lgan yong‘inlar ishlab chiqarish korxonalarida 19 foizga, ishlab chiqarish sexlarida 11 foizga, qishloq xo‘jaligi imoratlarida 29 foizga, materiallarni ochiq joyda saqlash joylarida 11 foizga, madaniy-tomosha muassasalarida 40 foizga, ma’muriy-jamoat muassasalarida 15 foizga, aholi yashash joylarida 13 foizga, qurilayotgan imoratlar va foydalanilmayotgan imoratlarda 29 foizga, boshqa obyektlarda 24 foizga, shuningdek, pechlarni qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi sababli yuz bergan yong‘inlar 22 foizga, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida 28 foizga, bolalar sho‘xligi oqibatida 7 foizga, transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarining buzilishidan 8 foizga, texnologik hodisalar oqibatidagi yong‘inlar 3 foizga kamayishiga erishilgan.


“Biroq kunlarning keskin isib ketishi evaziga fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinmasligi oqibatida yuz berayotgan yong‘inlar tashvishli hisoblanmoqda”, — deyiladi xabarda.


Iyul oyining birinchi o‘n besh kunligida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat faollashgani kuzatilmoqda. Ushbu davrda sodir bo‘lgan yong‘inlar 579 tani tashkil etib, 95 tasi qurigan o‘simliklarni yonishi, 397 tasi aholi turar joylari va 87 tasi boshqa ob’yektlarga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 6 oy ichida 52 kishi yong‘indan halok bo‘ldi | Zamon.uz