Britaniya yil oxiriga qadar rus neftidan voz kechadi
Shuningdek, ko‘mir va oltinga nisbatan ham taqiq qo‘yilmoqda.

Buyuk Britaniya hukumati Rossiya ko‘mir, neft va oltiniga embargo joriy etadi. Bu haqda hukumat rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra, taqiqlar oltinga nisbatan 21 iyuldan, ko‘mirga 10 avgustdan, neftga esa 31 dekabrda kuchga kiradi. Endilikda ushbu mahsulotlarni Birlashgan Qirollikka bevosita yoki bilvosita olib kirish man etiladi.
Avvalroq Yevroittifoqning Rossiya neftiga nisbatan embargo joriy etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







