Britaniya razvedkasi rahbari Yevropadan qancha rus josusi “quvilgan”ini ochiqladi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning YEIdagi josuslik faoliyati ikki barobarga kamaygan.

24 fevraldan buyon Yevropadan chiqarib yuborilgan rus diplomatlarining katta qismi josuslik bilan shug‘ullangan. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi razvedkasi (MI-6) rahbari Richard Mur maʼlum qildi.
“Butun Yevropa bo‘ylab diplomatik maqom panasida faoliyat yuritayotgan razvedkachilarning yarmi — 400 kishi chiqarib yuborildi. Bu qitʼada josuslik faoliyatining ikki barobar qisqarishiga olib keldi”, – degan Mur Kolorado shtatidagi chiqishida.
Avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi qurolli nizodan ko‘zlagan uch asosiy maqsadi haqida maʼlumot berilgandi.







