Jahon

Erdog‘an G‘arbning Putinga nisbatan munosabatini tanqid qildi

Turkiya rahbari Rossiya bilan aloqalar haqida gapirdi

Erdog‘an G‘arbning Putinga nisbatan munosabatini tanqid qildi

 

Turkiya Rossiya bilan munosabatlardagi ijobiy tendensiyalar saqlanib qolishiga umid bildiradi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog‘an TRT telekanali efirida aytib o‘tgan.

 

“Albatta, davlatlarimiz o‘rtasida ayrim kelishmovchiliklar bor. Ammo ular ikki tomonlama munosabatlarga xalal bermaydi. Biz Rossiya bilan aloqalarni o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirishimiz kerak”, – degan u.

 

Shu bilan birga prezident G‘arb siyosatchilarining Putinga munosabatini tanqid qilgan. Erdog‘anning fikricha, bu g‘arbliklarga yarashmaydi.

 

“Siz unga qanday munosabat ko‘rsatsangiz, shunday munosabat olasiz”, – deb qayd etgan Turkiya rahbari.

 

Avvalroq Putin va Erdog‘an Tehronda uchrashuv o‘tkazgandi.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"