Sanksiyalar o‘z yo‘liga
Yevropa Kremlni boyitishda davom etmoqda.

Rossiya kuniga 1 milliard dollarlik uglevodorodlar sotmoqda. Bu haqda energetika va toza havoni o‘rganish agentligi maʼlum qildi.
Asosiy xaridor sanksiyaviy bosimlarga qaramay, Yevropa davlatlari bo‘lib qolmoqda. “Maxsus operatsiya” boshlanganidan buyon Moskva neft va gazdan 98 milliard ishlab olgan, uning 61 foizi — 60 milliard dollarga yaqini YEI hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xitoydan keyingi yirik importyorlar qatoriga Hindiston, Fransiya va Xitoy kirgan. Bundan tashqari, Fransiya, Belgiya va Niderlandiya rus energetik resurslarini birjalar orqali chegirma bilan sotib olmoqda.
Avvalroq Germaniya kansleri gaz yetkazib berish masalasida Rossiyani tanqid qilgandi.







